Andijon · biznes tarmog'i
Poyda — oshxona, supermarket, avtomoyka, barbershop va do'konlar bir-biriga mijoz yuboradigan tarmoq. Sizda xarid qilgan odam o'zi tanlagan hamkorda foizlik chegirma oladi. Hamkorda xarid qilgan odam — sizda.
Kassirning telefoni orqali boshlang. iiko uchun chek QR va chegirma plagini mavjud; uni terminalga o'rnatish talab qilinadi.
Mijoz uchun — Telegram'dagi bitta tugma. Kassir uchun — bitta skan.
Mijoz to'langan chekdagi maxsus QR kodini skanerlaydi va Telegram'da @poydauzbot orqali Poydaga kiradi. Bitta chekdan bitta tanlov olinadi.
Mijoz 24 soat ichida hamkor va foydalanish kunini tanlaydi. Foiz, minimal chek va maksimal chegirma tanlashdan oldin ko'rinadi. Kunlik kvotadan joy band qilinadi.
Mijoz tanlangan kuni hamkorga borib, shaxsiy QR kodini ko'rsatadi. Masalan, keyingi xaridga 15% chegirma — ko'pi bilan 100 000 so'm. Pul balansi yig'ilmaydi.
Targetolog, bloger, banner yo'q. Mijoz sizga hamkorning kassasidan — allaqachon pul sarflagan, ishonchli odam sifatida keladi.
Har yangi hamkor — barcha a'zolar uchun yangi mijoz manbai. Oshxona avtomoykaga, avtomoyka barbershopga, barbershop do'konga yuboradi.
Hamkor chegirma foizi, maksimal summasi, kunlik mijozlar soni va 7 kungacha muddatni sozlaydi. Mijoz o'ziga kerakli taklifni tanlaydi.
Bir odam kuniga ovqatlanadi, mashinasini yuvadi, soch oldiradi, xarid qiladi. Poyda shu yo'lni bir tarmoqqa bog'laydi.
Ariza qoldiring — 1 ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz, tarmoqdagi hamkorlarni ko'rsatamiz va chegirma shartlarini birga belgilaymiz.